OpenBudget kampaniya
OpenBudget ovoz yig‘ish jarayonini bot, reyting va to‘lov nazorati bilan tartibga keltiring
OpenBudget loyihalari uchun foydalanuvchi botdan start bosib kiradigan, ovoz sahifasi to‘g‘ri ochiladigan, referral va reyting ko‘rinadigan, to‘lov holati nazorat qilinadigan tizim tayyorlaymiz.
Natija
Loyiha oxirida qo‘lingizda nima bo‘ladi?
Ovoz berish sahifasi
Referral va reyting
Balans va yechib olish tartibi
Admin monitoring
Ishlash prinsipi
Oddiy sahifa emas, boshqariladigan tizim quriladi
- Foydalanuvchi botga start bosmagan bo‘lsa, ovoz sahifasiga kirishda tushunarli ogohlantirish ko‘rsatiladi.
- Start xabaridagi havolalar, Open tugmasi, reyting va do‘stlarni taklif qilish yo‘llari bir xil prinsipda ishlaydi.
- Referral, reyting, balans va to‘lov so‘rovlari boshqaruv panelida nazorat qilinadi.
- Qonuniy targ‘ibot va foydalanuvchi roziligi asosidagi jarayonlar qo‘llab-quvvatlanadi.
Jarayon
Bosqichlar oldindan aniq bo‘ladi
Kampaniya oqimi
Foydalanuvchi qayerdan kirishi, botda start bosishi va ovoz sahifasiga qanday o‘tishi aniqlanadi.
Bot va sahifa
Bot tugmalari, WebApp manzillari, short-link va ochilish holatlari moslanadi.
Reyting va referral
Taklif havolasi, reyting jadvali va foydalanuvchi ko‘rsatkichlari tushunarli qilinadi.
Nazorat
To‘lov, xatolik, foydalanuvchi holati va admin xabarlari tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Savollar
Ko‘p so‘raladigan savollar
Bu xizmat fake ovoz qo‘shadimi?
Yo‘q. Xizmat bot, sahifa, referral, reyting va to‘lov nazoratini tartibga keltirishga qaratilgan. Foydalanuvchi roziligi va qonuniy targ‘ibot talablari hisobga olinadi.
Bir nechta OpenBudget botni boshqarish mumkinmi?
Ha. Har bir bot o‘z slug, link, start xabari va admin sozlamalari bilan alohida yuritiladi.
To‘lov yoki balans jarayoni ham ko‘rinadimi?
Ha. Balans, yechib olish so‘rovi, Click yoki Payme to‘lov holati va xatolik xabarlari boshqaruv panelida ko‘rinadi.
Keyingi qadam
Shu yo‘nalishda loyiha boshlaymizmi?
Qisqa suhbatdan keyin ish hajmi, muddat va aniq narxni tartibli qilib beramiz.