Boshqaruv panelining vazifasi faqat chiroy emas

Boshqaruv paneli birinchi navbatda tez ko‘rish, tez filterlash va xatoni tez tushunish uchun kerak. Shu sababli eng muhim holatlar yuqorida, kam ishlatiladigan detallar pastroqda turishi kerak.

Agar tugmalar, kartalar va yozuvlar bir-biriga yopishib qolsa, operator noto‘g‘ri tugmani bosishi yoki muhim xabarni o‘tkazib yuborishi mumkin.

Telefon uchun boshqaruv ham alohida tajriba

Telefon ekrani uchun menyu, jadval va tugmalar qayta tartiblanadi. Oddiy kichraytirish yetarli emas, chunki operator ishni real vaqt rejimida bajaradi.

Filterlar, status badge, asosiy tugmalar va navbatdagi ishlar bosh barmoq bilan qulay bosiladigan joyda bo‘lishi kerak.

Kuzatuv ko‘rsatkichlari

Bot, to‘lov, SMS kirish va zaxira nusxa holatlari boshqaruvchi uchun tushunarli nomlar bilan ko‘rinishi kerak.

Ichki yozuvlar kerak, lekin ular sahifani bosib ketmasligi kerak. Muhim xatolar alohida ajratiladi.